O‘zbekiston Superkubogi. “Paxtakor” va “Nasaf” qarama-qarshiligi oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi

  • 21 avgust, 2023, 16:33
  • 2
  • Futbol
BEPUL PROPAN

24 avgust kuni O‘zbekiston Superkubogi uchrashuvi Jizzaxda o‘tkazilishidan xabaringiz bor. “Paxtakor” va “Nasaf” jamoalari o‘rtasidagi qarama-qarshilik 19:30 da start oladi.

23 avgust kuni o‘yinoldi tadbirlar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Shu kuni 17:30 da “Paxtakor” klubi bosh murabbiyi Maksim Shatskix va jamoa sardori Dragan Cheran ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi. 18:00 da esa “sherlar” bellashuv o‘tadigan stadionda o‘yinoldi rasmiy mashg‘ulot o‘tkazadi. 50 daqiqalik mashg‘ulotning dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq bo‘ladi.

18:45 da “Nasaf” klubi bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev va jamoa etakchilaridan biri bo‘lgan Mateus Lima Kruz OAV xodimlari savollariga javob qaytaradi. Nominal mehmon sifatida qarshiliklar 19:30 da mashg‘ulotga kirishadi va uning ham dastlabki 15 daqiqasiga jurnalistlar tashrif buyurishi mumkin.

Bu haqda O‘zPFL matbuot xizmati xabar berdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Тулкин Хайит
23/08/2023 19:34
Насаф командани ўзини билмадиму лекин мухлисларда бу кубокка иштиёқ унчалик кўринмаяпти.Эртага стадион тўлиб тошишига ишонмайман.
&
Shahboz qarshi
21/08/2023 22:45
Nima qilasilar ovora qilib pahtakorga berivorishsin tinchgina bo'ldi.bu nasafni o'yinlaridan xulosam shuki o'tgan yilgiday 25-26 turgacha bosim bilan o'ynashdan ko'ra xozirgiday 6-8 ochko orqada qolish yaxshiroq.keyin nasaf chempion deb baqiradigan muxlislar nasafni oldiga chempionlik vazifasi qo'yilmagan bu yaqin o'rtada.shuni inobatga olib fikr qilinglar.yuqori tezligi 120-km soatiga yuradigan moshindan 180-200 km soat tezlikda yurishni talab qilish bu nodonlik