
O‘zbekiston MTJning bugungi o‘yini ertaga o‘tkaziladi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi 11 dekabrdan boshlab Birlashgan Arab Amirliklarida Osiyo kubogiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Bir necha kun avval Srechko Katanets shogirdlari yig‘in davomida o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi borasida xabar berib o‘tgandik. Jumladan, 24 dekabr kuni vakillarimiz qo‘shni Qirg‘iz respublikasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi kerak edi. Bellashuv Dubayda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Ammo taniqli mutaxassis Alisher Nikimbaev telegramdagi o‘zining sahifasida yozishicha, o‘yin bir kunga surilgan. Sababi esa noma’lum. Ushbu nazorat bahsi maqomida murabbiylar istaganicha futbolchilarni almashtira oladi. FIFA bu kabi o‘yinlar uchun reyting ballari bermaydi. O‘yin BAA vaqti bilan 19:30da boshlanadi.
Fikrlar