
O‘zbekiston MTJ ishtirok etadigan "CAFA Nations Cup-2023" turnirini "Sport" telekanali namoyish etadi
10 iyundan 20 iyunga qadar O‘zbekiston va Qirg‘iz Respublikasi yashil maydonlarida bo‘lib o‘tadigan "CAFA Nations Cup-2023" turniri qaysi telekanal orqali JONLI EFIRda namoyish etilishi muxlislarni qiziqtirgan bo‘lishi tabiiy. Bu savollarga "Sport" telekanali telegram sahifasi orqali yakuniy nuqtani qo‘ydi.
"Osiyo kubogidan avval O‘zbekiston terma jamoasi uchun kichik imtihonga aylanuvchi "CAFA Nations Cup-2023" turnirini "Sport" telekanali jonli efirda namoyish etadi", - deyiladi rasmiy xabarda.
Eslatib o‘tamiz, musobaqada O‘zbekiston MTJ "A" guruhidan o‘rin olgan. Unda vakillarimizga Tojikiston, Turkmaniston va Ummon jamoalari raqiblik qiladi.
Fikrlar