O‘zbekiston milliy terma jamoasi BAAga etib bordi va "Intercontinental" mehmonxonasiga joylashdi

  • 9 noyabr, 2020, 17:31
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston MTJ delegatsiyasi Toshkent-Dubay HY333 havo reysi orqali mahalliy vaqt bilan soat 12:25da Dubay xalqaro aeroportiga etib bordi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Delegatsiya a’zolari aeroportda pasport nazoratidan avval koronavirusga test topshirdi. Shundan so‘ng, milliy terma jamoamiz vakillari "Intercontinental” mehmonxonasiga joylashdi.

Test natijalari chiqqunga qadar, delegatsiyaning har bir a’zosi mehmonxonada "o‘zini yakkalash" rejimida bo‘ladi. Vadim Abramov shogirdlari ertaga dastlabki mashg‘ulotlarini o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!