
O‘zbekiston kubogiga qachon qur’a tashlanadi?
Joriy yilgi O‘zbekiston kubogi musobaqasiga 30 aprel va 1 may kunlari start beriladi.
PFL bosh direktori o‘rinbosari Diyor Imomxo‘jaev o‘zining telegramdagi sahifasida tarqatgan xabarga ko‘ra mamlakat kubogi bahsiga 18 aprel kuni qur’a tashlanadi. Marosim shu kuni “Sport” telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladigan “Gol” ko‘rsatuvida o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston kubogining amaldagi sohibi Olmaliqning AGMK klubi hisoblanadi.
Fikrlar