
O‘zbekiston kubogi. "Yashnobod" va Ittifoq-N" keyingi bosqichga yo‘l oldi
Bugun Respublikamizning ikki shahrida O‘zbekiston kubogi uchun saralash bosqich o‘yinlari start oldi.
Toshkentda "Chig‘atoy" va "Yashnobod" jamoalari o‘zaro bahs yuritishdi. Mazkur o‘yinda Aziz Fayziev boshchiligidagi "Yashnobod" futbolchilari 1:0 hisobidagi g‘alaba bilan musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘llanma oldi. Endiliklar ular 1 may kuni o‘z maydonlarida "G‘ijduvon"ga qarshi to‘p suradi.
Ikkinchi juftlikda esa Navoiy viloyatining "Ittifoq" klubi vakillari Buxoro"ning Ittifoq" jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvda 2:1 hisobida navoiyliklar g‘alaba qozongan holda, keyingi bosqich masalasini hal qildi. "Ittifoq-N" esa 1/32 bosqichda esa mehmonda "Rubin" klubiga qarshi kurashadi.
"Chig‘atoy" - "Yashnobod" - 0:1
Gol: Rustamxon Azimov (80)
Hakamlar: A. Najafaliev, F. Yo‘ldoshev, S. Nishonboev.
"Chig‘atoy": 1. Sanjar Yo‘ldoshev, 4. Abdulaziz Yoqubov, 5. Doston Ibrohimov, 7. Karim Murtabaev, 10. Muhammadazim Nurmatov, 18. Ibrohim Xoliqov, 19. Nodirbek Tursunov, 20. Raxmattillo Qaxxarov, 39. Rahimberdi Mamatkarimov, 98. Eldorbek Erkinov. 99. Dostonbek Abdurasulov.
Zahiradagilar: 12. Abdusafar Abdumavlonov, 8. Islombek Azizjonov, 11. Diyor Rizaev, 14. Islom Mametov, 15. Abduraxmon Saidov, 23. Rahmatjon Latipov. 77. Jamshid Rahmatullaev.
"Yashnobod": 35. Karim Muxamedov, 2. Yusuf Aliev, 3. Islom Ismoilov, 4. Rasul Raxmonberdiev. 5. Abbos Saidkarimov, 6. Shokir Beknazarov, 9. Rustamxon Azimov, 10. Jo‘rabek Ergashev, 22. Amirbek Fayziev, 23. Ulug‘bek Jo‘raev, 25. Muhammad Komilov.
Zahiradagilar: 1. Bobur Xaydarov, 7. Bekzod Ahmedov, 15. Azamat Boymatov, 18. Abbos Omonov, 19. Azimjon Mirzaev, 20. Ahrorjon Azamatov, 37. Ruslan Veklich.
"Ittifoq-N" - "Ittifoq-B" - 2:1
Gollar: Berdiyor Mirzabekov (16), Akmal Abdirahmonov (38) - Abbos Po‘latov (74)
Fikrlar