
O‘zbekiston kubogi. "Qizilqum" - "Zomin" uchrashuvi o‘tkazilmaydi
O‘zbekiston kubogi 3-tur uchrashuvlari doirasidagi “Qizilqum” — “Zomin” o‘yini mehmon jamoaning iqtisodiy muammolar tufayli o‘yinga tashrif buyura olmagani sababli o‘tkazilmaydi.
Shuni inobatga olgan holda mazkur uchrashuvda “O‘zbekiston kubogi, Superkubogi va o‘tish o‘yinlari reglamenti”ning 9.1-bandiga asosan “Zomin” jamoasiga 0:3 hisobidagi texnik mag‘lubiyat, “Qizilqum”ga esa 3:0 hisobidagi texnik g‘alaba yoziladi.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuv bugun 20:00da bo‘lib o‘tishi kerak edi.
Fikrlar