
O‘zbekiston "konchilari" Belarus "konchilari"ga qarshi o‘ynaydi
Xabaringiz bor, OKMK jamoasi Superliganing birinchi davra yakunidan so‘ng yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanish, shuningdek, chempionatning ikkinchi davrasiga munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Belarus davlatida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib bormoqda.
Jamoaning xorij yig‘inidagi dastlabki raqibi mahalliy jamoalardan biri, ya’ni Belarusning 3 karra chempioni va 3 karra kubok sohibi hamda 2 karra Belarus Superkubok egasi Soligorskning "Shaxtyor" klubi bo‘ladi. 1961 u444yilda tashkil topgan klub o‘z navbatida Belarusning 7 karra kumush va 6 karra bronza medali sovrindori hisoblanadi.
OKMK va "Shaxtyor" jamoasi o‘rtasidagi "konchilar" derbisi Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.
Fikrlar