O‘zbekiston K-1 federatsiyasi hamda Toshkent shahar Shayhontohur tuman prokuraturasi "Mingta ko‘chat" aktsiyasini o‘tkazdi

CHERY AUTO

Kecha, O‘zbekiston K-1 federatsiyasi va ushbu federatsiyaning Toshkent shahar bo‘limi hamda Toshkent shahar Shayxontohur tumani prokuraturasi tomonidan "Mingta ko‘chat" aktsiyasi, deb atalgan tadbir tashkil etildi. Bu tadbir davomida O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga tegishli bo‘sh hududga Toshkent shahar Shayxontohur tumani prokurori Sanjar Mavlonov hamda O‘zbekiston K-1 federatsiyasi mutasaddilari Jasur Ne’matov va Hojiakbar Hakimov boshchiligida yosh sportchilar va talabalar, mevali ko‘chatlar o‘tkazdi. 

Tecno

Shuningdek, ushbu tadbirdan sportchilar bilan uchrashuv va yosh va elimiz suygan xonandalarning ajoyib chiqishlari o‘rin oldi.

Biz fursatdan foydalanib, O‘zbekiston K-1 federatsiyasi rahbarlarining mazkur tadbirga oid fikrlari va mulohazalari bilan o‘rtoqlashdik.

ppp

 Jasur Ne’matov - O‘zbekiston K-1 federatsiyasi raisi

- Biz ham bu o‘ziga xos chellenjni davom ettirmoqdamiz. Bir nechta tumanlarda prokuratura umuman olganda xuquqni muxofaza qiluvchi organlar, sportchilar ishtirokida ushbu ko‘chat ekish aktsiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu navbatdagisi bo‘ldi. Albatta, bu o‘ziga xos ibratli ishlar deb o‘ylayman. Bizning federatsiyamizga qanday takliflar bo‘lsa, imkon qadar ularni amalga oshirishga harakat qilamiz. Albatta, bu mevali ko‘chatlarni ekish, shahrimizni obodonlashtirishda muhim omil bo‘ladi, degan fikrdaman. 

kuku

Hojiakbar Hakimov - O‘zbekiston K-1 federatsiyasi, Toshkent shahar bo‘limi raisi

- Bu aktsiya anchadan buyon davom etmoqda. Biz ham qo‘ldan kelguniga qadar yordam qo‘lini cho‘zayapmiz. Bu safar Shayxontohur prokuraturasi bilan hamkorlikda bu ishni  amalga oshirdik. Albatta, mevali daraxt ekish bu millatimizga xos hayrli ish hisoblanadi. Nasib qilsa, biz tufayli ekilgan daraxtlarning mevalaridan ko‘pchilik bahramand bo‘ladi. Qolaversa, qaysidir ma’noda Toshkentimizning chiroyiga chiroy qo‘shadi, degan umiddamiz. 

aka xoji

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!