
O‘zbekiston joylashgan "E" guruhidagi holat bilan tanishing!
Jahon chempionati saralashining 4-turida O‘zbekiston Gonkongni o‘z maydonida qabul qilib, yirik 3:0 hisobida zafar quchdi.
Dastlab, Shomurodov hisobni ochgan bo‘lsa, Erkinov zaxiradan o‘yinga qo‘shilib, farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi. 70-daqiqada esa O‘runov bahsga nuqtani qo‘ydi.
Guruhimizdagi narigi o‘yinda Eron Turkmaniston mehmoni bo‘lib, 0:1 hisobida zafar quchdi. O‘yindagi yagona golni birinchi taym so‘nggida Gayedi urishga muvaffaq bo‘ldi.
Ushbu g‘alabadan keyin eronliklar birinchi o‘ringa qaytishdi. Shu bilan birga, keyingi bosqich va Osiyo kubogiga yo‘l olishdi.
Fikrlar