O‘zbekiston g‘alabasiga Evropadan qanday munosabat bo‘ldi?

  • 22 mart, 2024, 04:48
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026 yili AQSh, Meksika va Kanada hamkorligida o‘tkaziladigan jahon chempionatiga chiqish uchun kurashni davom ettirmoqda.

Tecno

Osiyo qit’a saralash turnirining guruh bosqichi uchinchi turida Srechko Katanets shogirdlari Gonkong terma jamoasi bilan kuch sinashib, raqib maydonida 2:0 hisobidagi g‘alabani tantana qildi.

O‘yinning ikkinchi yarmida legioner o‘yinchilar – Eldor Shomurodov va Rustam Ashurmatov tomonidan kiritilgan gollar evaziga bosh jamoamiz saralash musobaqasidagi ochkolari sonini ettitaga etkazib oldi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi g‘alabasiga Evropaning kuchli beshlik chempionatlari – Italiya va Frantsiya ligalarida o‘ynayotgan Eldor Shomurodov va Abduqodir Husanov ham katta hissa qo‘shgani bois, ushbu mamlakatlar futbolini yoritayotgan nufuzli manbalar Gonkongdagi o‘yinga munosabat bildirdi.

Sports.uz portali Evropa manbalari munosabatini o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.

Paola PASKALIS,  TUTTOCAGLIARI.NET sayti eksperti:

Eldor Shomurodov jahon chempionatining saralash musobaqasi doirasida Gonkong va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvning asosiy qahramonlaridan biri bo‘ldi.

Ushbu bellashuv 2:0 hisobida o‘zbekistonlik g‘alabasi bilan yakunlandi. “Kalyari” hujumchisi bahsning 49-daqiqasida o‘zbeklarning birinchi golini kiritdi va g‘alabaga katta hissa qo‘shdi. Endi har ikki jamoa 26 mart kuni Toshkentda o‘zaro ikkinchi uchrashuvni o‘tkazadi.

Ignatsio KADDEO, CALCIOCASTEDDU.IT  sayti eksperti:

Gonkong va O‘zbekiston bellashuvning ikkinchi bo‘lim beshinchi daqiqasida Eldor Shomurodov raqib darvozasiga to‘p kiritib, muvozanatni buzdi. O‘yin 2:0 hisobida o‘zbeklar foydasiga hal bo‘ldi.

Amerika qit’asining bir necha mamlakatlari mezbonlik qiladigan futbol bo‘yicha 2026 yilgi jahon chempionatining saralash o‘yinida o‘zbekistonliklarning ikkinchi golini Rustam Ashurmatov urdi.

“Sampdoriya”ning sobiq futbolchisi Srechko Katanets boshqarayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z guruhidagi ochkolari sonini ettitaga etkazgan holda, peshqadamlardan biri bo‘lib turibdi.

Klement KURTUA,  LENSOIS.COM sayti eksperti:

Jahon chempionatining Osiyo mintaqasidagi saralash musobaqasi uchinchi turida O‘zbekiston milliy terma jamoasi safar o‘yinida mezbonlar – Gonkong futbolchilarini 2:0 hisobida taslim qildi.

Abduqodir Husanov jamoadoshlari bu bellashuvda qiyinchiliksiz g‘alaba qozonganini ta’kidlash lozim. O‘zbeklar o‘yin tizginini ikkinchi bo‘limning boshida Eldor Shomurodov to‘p kiritganidan keyin o‘z qo‘liga oldi. 

66-daqiqada Rustam Ashurmatovning golidan keyin o‘zbeklar hisobdagi farqni yiriklashtirdi. “Lans” markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov g‘alabali uchrashuvda maydonda to‘liq harakat qildi.

Rekordni yangilagan Shomurodov qaysi terma jamoalarga nechta gol urgan?

Fayzullaev muxlislariga xushxabar

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
22/03/2024 05:37
Хитойда футбол федерациядаги коррупционерга 17 йил камок берибди.Бизда хам жарим ва 15 сутка килмасдан шунака жазо берса,ишлар яхши кетармиди.