
O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasining 2 ta o‘rtoqlik o‘yini bekor qilindi
Xabaringiz bor, ayni kunlarda O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazmoqda.
Rejaga ko‘ra, vakillarimiz 15 va 17 iyul kunlari Turkmanistonga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarida ishtirok etishi kerak edi. Biroq uchrashuvga bir necha kun qolganda raqiblarimizning Toshkentga kela olmasligi ma’lum bo‘ldi, - deya xabar berdi O‘FA matbuot xizmati.
Ammo O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi avgust oyida Finlyandiyada yig‘in o‘tkazadi. Mashg‘ulotlar davomida hamyurtlarimiz mezbon Finlyandiya terma jamoasiga qarshi 6-7 avgust kunlari ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida o‘tkazishi belgilangan.
Fikrlar