
O‘zbekiston futzal milliy terma jamoamiz Finlyandiya bilan 2 ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi 8 iyuldan Toshkentda navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga kirishdi.
O‘FA matbuot xizmati O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi avgust oyida Finlyandiyada yig‘in o‘tkazishini ma’lum qildi. Yig‘in doirasida vakillarimiz mezbon Finlyandiya terma jamoasiga qarshi 6-7 avgust kunlari ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etadilar.
Eslattib o‘tamiz, Bahodir Ahmedov jamoasi Toshkentdagi yig‘in doirasida Turkmanistonga qarshi o‘yini o‘tkazishi ham rejalashtirilgan.
Fikrlar