
O‘zbekiston futbol va futzal terma jamoalari o‘zaro o‘yin o‘tkazadi (video)
O‘zbekiston futbol hamda futzal terma jamoalari mini-futbol maydonida o‘yin o‘tkazadi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar tarqatdi.
"24 fevral kuni poytaxtimizdagi "O‘zbekiston" sport majmuasida o‘zbek sporti va futboli rivojiga ulkan hissa qo‘shgan davlat arbobi Mirabror Usmonov xotirasiga bag‘ishlangan o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Mazkur o‘yinda futbol va futzal bo‘yicha O‘zbekiston Milliy terma jamoalari o‘zaro bahs olib borishadi.
Eslatib o‘tamiz, Mirabror Usmonov bir necha yil O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston futbol federatsiyalarini boshqargan. U kishining boshqaruvi davrida o‘zbek sporti Rio-2016 Olimpiya o‘yinlari va boshqa yirik musobaqalarda ulkan yutuqlarga erishgan. Soat 18:00da start oladigan mazkur o‘yinga kirish bepul va tomoshabinlar qiziqarli bellashuvni arenadan turib tomosha qilishlari mumkin".
Fikrlar