
O‘zbekiston ayollar terma jamoamizni boshqargan yaponiyalik mutaxassislar bilan shartnoma yakuniga etdi
O‘zbekiston ayollar terma jamoamizni boshqarib kelgan yaponiyalik Midori Xonda hamda yaponiyalik darvozabonlar murabbiyi Takaya Tsutsumi o‘z yurtlariga jo‘nab ketdilar. O‘FA matbuot xizmati bu borada rasmiy xabar berdi.
“O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Midori Xonda va darvozabonlar murabbiyi Takaya Tsutsumi bilan tuzilgan shartnoma muddati o‘z yakuniga etdi.
Yaponiyalik mutaxassislarning yurtimizdagi 2 yillik faoliyati davomida ayollar terma jamoamiz CAFA musobaqalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi, FIFA reytingida o‘z o‘rnini yaxshilab bordi. Tarixda ilk marta Olimpiada saralashining so‘nggi bosqichiga qadar etib bordi.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi yaponiyalik mutaxassislar Midori Xonda va Takaya Tsutsumiga minnatdorchilik bildiradi va kelgusi faoliyatlarida omad tilaydi”, - deyiladi rasmiy bayonotda.
Tez orada O‘zbekiston ayollar terma jamoamizga yangi bosh murabbiy tayinlanishi ehtimoldan holi emas.
Fikrlar