O‘zbekiston Argentinaga qarshi to‘liq ko‘k libosda o‘ynaydi

  • 19 may, 2023, 19:56
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Argentinaga qarshi uchrashuv bilan U-20 Jahon chempionatidagi ishtirokini boshlaydi. Mazkur o‘yinda futbolchilarimiz to‘liq ko‘k libosda, darvozabonimiz esa to‘q sariq libosda harakat qiladi.

Tecno

Uchrashuvda bosh hakam sifatida Fransua Leteksie (Frantsiya) ishlaydi. Unga qanotlarda hamyurtlari Siyril Mugnier va Mehdi Rahmuni yordam beradi. 4 rasmiy hakam vazifasi esa Bou Abdulazizga (Janubiy Afrika) topshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Argentina — O‘zbekiston o‘rtasidagi JCh ochilish o‘yini 21 mayga o‘tar kechasi soat 02:00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!