
O‘zbekiston - Iordaniya. Mashhur saytlar bahs natijasini taxmin qildi
Ayni vaqtda Qatarning Doha shahrida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini davom ettirayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi nazorat uchrashuvi doirasida Iordaniya bilan kuch sinashadi.
Mazkur o‘yin biz uchun nazorat bahsi bo‘lishiga qaramay, ancha ahamiyatli sanaladi. Sababi, bu safar yig‘inga chaqirilganlar tarkibda ko‘p ham imkoniyat berilmaydigan futbolchilar va yangi nomlardan iborat. Qo‘shimchasiga, termamiz murabbiylik postida ham o‘zgarish bo‘lgan. Yoshlarimizni Olimpiadaga olib chiqqan kuchli taktik murabbiy Temur Kapadze qo‘l ostida milliy terma jamoamizni ko‘rish ham qiziq bo‘ladi.
Bir necha mashhur saytlar uchrashuvdagi taxminiy natijalarni e’lon qildi.
"SPORTSKEEDA" nashri mazkur bahsda terma jamoamizning g‘alabasiga ishonmoqda: O‘zbekiston 3:1 Iordaniya
"SportsMole" ham hamyurtlarimiz zafar quchishini taxmin qilmoqda: O‘zbekiston 1:0 Iordaniya
Sports.uz sayti esa bugungi bellashuv 2:0 hisobida O‘zbekiston milliy terma jamoasining foydasiga hal bo‘lishini taxmin qilmoqda.
Fikrlar