O‘zbek to‘purari hammani larzaga solmoqda!

  • 24 iyun, 2022, 21:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Belarus chempionatining so‘nggi uch mavsumida porlagan to‘rurarlarning ikki nafari o‘zbek futboli tarbiyalanuvchilari – Jasur Yaxshiboev va Bobur Abduxoliqovdir. Ularning har ikkisiga “Energetik-BGU” jamoasi tramplin vazifasini o‘tab bermoqda.

Tecno

Bu mamlakat futbol jamoatchiligini birinchi bo‘lib Jasur Yaxshiboev hayratga solgan. “Energetik-BGU”da yarim mavsum  o‘ynaganiga qaramay, hujumkor futbolchimiz 2020 yili mavsumning haqiqiy qahramoni bo‘ldi.

Mavsumni minsklik “talabalar” futbolchisi sifatida boshlagan Yaxshiboev bir necha oy davomida to‘qqizta gol urdi va keyinchalik “Shaxtyor-Soligorsk” safiga qo‘shildi. Yangi jamoada ham etakchilik qobiliyatini ko‘rsatgan Jasur yana ettita gol urib, to‘purarlar poygasida ikkinchi, bundan tashqari chempionatning eng samarali o‘yinchisi bo‘ldi.  

Belarus oliy ligasini chempion sifatida tark etgan Yaxshiboev keyinchalik “Legiya” jamoasi safida Polsha chempionati g‘olibi bo‘ldi.

Muvaffaqiyatli yurish uni ijaraga olgan “Sherif”da ham davom etdi va Moldova chempionatida g‘olib chiqqan Jasur o‘zi o‘ynagan uchta jamoada uchta mamlakat chempioniga aylandi.

Yaxshibaev

Uning eng katta natijasi esa, Chempionlar ligasi guruh bosqichida “Santyago Bernabeu”da “Real”ning darvozasiga kiritilgan goli bo‘ldi. Mana shu bir necha gol Yaxshiboevga bir necha tarixiy ko‘rsatkichlarni olib keldi.

Ayni paytda Jasur Yaxshiboev “Legiya” jamoasiga qaytgan va asosiy tarkibdan joy olish uchun bo‘ladigan kurash va raqobatlarga tayyorlanmoqda.

Bu mavsumda esa, Bobur Abduxoliqov o‘zini ko‘rsata boshladi. U qayd etayotgan ko‘rsatkichlar Jasur Yaxshiboevnikidan ancha ustun.

Bobur oliy ligadagi ikkinchi mavsumida 11 ta uchrashuvdan faqat uchtasida – “Slutsk”, “Isloch” va “Shaxtyor-Soligorsk” jamoalariga qarshi o‘yinlarda raqib darvozasiga yo‘l topa olmadi. Qolgan sakkizta bahsda o‘z hisobiga 12 ta gol va to‘rtta assist rasmiylashtirdi. “Energetik-BGU” chempionatda eng ko‘p – 24 ta to‘p kiritgan va ana shu gollarning teng yarmi o‘zbek hujumchisiga tegishli.

To‘purarlar bahsida Bobur raqobatchilaridan kamida ikki baravar o‘zib ketgan. “Energetik-BGU” hamyurtimizning xizmatlari evaziga har o‘yinda o‘rtacha ikkitadan ortiq to‘p kiritgan yagona jamoaga aylandi. Hali biror boshqa jamoa gollari sonini 20 taga etkaza olmagan.

O‘zbek hujumchisi gollari soni va sifati bo‘yicha hammani hayratga solmoqda. Bundan tashqari, Bobur bor e’tiborini faqat futbolga qarata olishi bilan boshqa o‘yinchilardan ajralib turadi. Maydonda nima ro‘y berishidan qat’i nazar, hatto unga nisbatan qo‘pollik qilinganda ham o‘zini yo‘qotmaydi, deb yozmoqda https://sportpanorama.by  sayti hamyurtimiz haqidagi tahlil xulosasida.

Ma’lumotlarga qaraganda, Bobur Abduxoliqovga boshqa jamoalardan qiziqish bo‘lmoqda va uning faoliyatida yangilik bo‘lib qolishi mumkin.

Tabiiyki, Bobur Abduxoliqov va u bilan bir jamoada o‘ynayotgan Abdulqodir Husanov, Shohruhbek Abdurahmonov, Abbosbek Jumaqulovning samarali o‘yinlari “Energetik-BGU”ni musobaqa jadvalida birinchi o‘ringa olib chiqdi.

20220502165032

“Energetik-BGU” navbatdagi uchrashuvini 27 iyun kuni o‘z maydonida “Dnepr-Mogilyov”  jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Hujumchining gapi “Roma”ni junbushga keltirdi. Unga chiqish eshiklari ko‘rsatildi!

Shomurodovni “katta marra” kutib turibdi!

Shomurodovga raqobatni boy bergan hujumchi “Real”da Benzema o‘rnini egallaydi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
24/06/2022 21:52
ha endi bu bola qupolliklarni kuraverib pishib ketkanda. Bechora yosh uyinchilarimizni ayrim ismini aytishka ham or qilamiz shula oz buncha qupol uynarmidi. hozir ham davom etapti keraksiz joyga nagli qupollik qilish bu uzini asli nasli paslegini bilderib quyadiganlan bor hozir ham. Sudiyalarni ham kuzi kur. uyin vaqt bulsa yoki qanday mamentka bulsa ham. erkaklarni uyinni desa buladi. lekin. yosh uyinchiga tashlanib uyin davomiga tizginidan chiqishini hohlaydiganla. ham bor