
O‘zbek futbolchilari mashhur darvozabonni bezdirib qo‘ydi
Gilermo Ochoa – jahon futbolining eng mashhur darvozabonlaridan. 38 yoshli golkiper 2005 yildan beri Meksika terma jamoasidagi o‘rnini hech kimga bermay kelayotgani uning mahorati yuksak ekanidan dalolat beradi.
Ochoa o‘z yurtida “Amerika” darvozasini sakkiz yil qo‘riqlaganidan keyin Evropaga ko‘chib o‘tdi. “Ko‘hna qit’a”da Frantsiyaning “Ayachcho”, Ispaniyaning “Malaga” va “Granada”, Belgiyaning “Standart” jamoalari sharafini himoya qildi. Orada 2019-2022 yillar davomida yana Meksikaga qaytib, “Amerika”da o‘ynadi.
Biroq, 2023 yilning boshida A Seriya vakili “Salernitana” Gilermo Ochoani Evropaga qaytardi. Meksikalik yulduz aynan mana shu chempionatdi birinchi bor o‘zbek futbolchisi zarbasiga duch keldi.
O‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini “Spetsiya”da o‘tkazgan Eldor Shomurodov yagona golini aynan Ochoa darvozasiga kiritdi. 2 aprel kuni o‘tkazilgan 28-tur uchrashuvida o‘zbek hujumchisi uzoq masofadan hujum uyushtirib, to‘pni aniq zarba bilan Ochoa qo‘riqlayotgan darvoza to‘riga tushirdi.
Har holda 38 yoshli golkiper AQShdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan bo‘lgan o‘rtoqlik uchrashuvidan oldin Eldor Shomurodovning supergolini eslagan bo‘lsa, ajab emas.
Terma jamoamiz murabbiylari shtabi qaroriga ko‘ra, Eldor bu o‘yinda maydonga tushirilmadi. Tarkibni ko‘rgan Gilermo biroz engil tortgan bo‘lsa kerak.
Biroq, O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida gol urishni biladigan boshqa o‘yinchilar borligini bilmagan. Ayniqsa, Bobur Abduxoliqov o‘zidan baland bo‘lgan himoyachini dog‘da qoldirib, boshi bilan aniq zarba bergan vaziyatda Ochoa hech narsa qila olmadi.
Keyin Azizbek Turg‘unboev qarshi hujum chog‘ida jarima maydonchasi tashqarisidan meksikaliklar darvozasini ishg‘ol qildi. Gilermo bu gal to‘pga tashlanishda kech qoldi va kutilmagan zarbani bartaraf etolmadi.
So‘nggi daqiqalarda Otabek Shukurovning goli shedevr tasnifidagi gollardan bo‘ldi. Tajriba yarim himoyachi o‘tkir burchakda turganiga qaramay, jarima to‘pini to‘g‘ri darvozaga yo‘lladi. Gilermo Ochoa to‘pga qo‘shilib, darvoza ichiga kirib ketdi.
Meksikalik taniqli darvozabon o‘zbek futbolchilariga qarshi ikki marotaba ro‘baro‘ kelgan bo‘lsa, o‘z darvozasidan to‘rt marta to‘p olib chiqqan.
Gilermo Ochoa va Eldor Shomurodov duelini joriy mavsumda yana ko‘rishimiz mumkin. “Salernitana” 22 oktyabr kuni o‘z maydonida “Kalyari”ni qabul qiladi. Bundan tashqari, ikkinchi davrada sardiniyaliklar 10 mart kuni o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida “Salernitana” bilan to‘qnash keladi.
Bo‘lajak uchrashuvlarda 28 yoshli legionerimiz meksikalik darvozabonga gol urish an’anasini davom ettirishga umid qilamiz.
O‘zbekistonning gollari meksikaliklarni qattiq xavotirga solib qo‘ydi
“Barsa” yulduzi nega Messining emas, Shomurodovning sevimli raqamini tanladi?
Shomurodovga yordam kerak!
O‘zbekiston va Rossiya to‘qnashuvida oltita gol bo‘ldi
Shomurodovni uyg‘otib qo‘yinglar...
Italiyalik muxlislar Shomurodovni muhokama qilmoqda: yaxshi gap ham, tanqid ham etarli!
Husanov jamoasi haqida hayratlanarli fakt!
Shomurodov transferi o‘zini oqlaydimi?
Fanatlar Shomurodovdan nimani talab qilyapti?
Fikrlar