O‘zbek bokschilari qaysi futbol klublariga muxlislik qilishadi? (1-qism)

  • 12 may, 2020, 15:07
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

    Bokschilarimiz orasida futbolga ishqibozlari juda ko‘plab topiladi. Ularning ba’zilari bu borada ham yuqori mahoratga egalar. Misol uchun, Isroil Madrimov, Shahobiddin Zoirov, Bahodir Jalolov, Hasanboy Do‘smatov va Qudratillo Abduqahhorovni aytib o‘tishimiz mumkin. Ularning millionlar o‘yiniga bo‘lgan qiziqishini inobatga olib, charmqo‘lqop ustalarimizning jahon futbolida qaysi klubga muxlislik qilishi hamda qay bir futbolchining harakatlariga qoyil qolishini bilishga bel bog‘ladik...

Tecno

Hurshidbek Normatov: “Chelsi” hamda “Manchester Siti” klublariga qiziqishim yuqori. Lekin ulardan birini tanlash kerak bo‘lsa, yoshligimdan beri “Chelsi”ga muxlisman. Dide Drogba men uchun betakror futbolchi.

Xurshidbek

Azizbek Abdug‘ofurov: Bolalikdan buyon “Real” jamoasi ishqiboziman. Futbolchilardan esa, Krishtianu Ronalduning harakatlari qoyil qoldiradi.

Azizbek abdu-ofurov
Fazliddin G‘oyibnazarov:  Hozirgi kunda Krishtianu Ronaldu hamda Lionel Messi eng kuchli futbolchilar. Bu ikkisiga gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas. O‘zimga kelsak, “Yuventus” muxlisiman. Futbolchilardan esa, o‘z vaqtidagi afsungar braziliyalik Ronaldinoga qoyil qolardim.

Fazliddin

Qudratillo Abduqahhorov: Aslida, futbolning ashaddiy ishqiboziman deb ayta olmayman. Lekin har doim “Barselona” ishtirokidagi o‘yinlarni qoldirmaslikka harakat qilaman. Sevimli o‘yinchim esa, Messi.

Qudratillo

Olimjon Nazarov: Men klub haqida bir nima deya olmayman. Chunki, ko‘plab jamoalarning o‘yin uslubi yoqadi. Lekin futbolchi borasida Krishtianu Ronalduni nafaqat o‘yinini, balki insoniylik jihatini ham hurmat qilaman. U barchasiga o‘zining mexnati va intilishi bilan erishgan. Qolaversa, ko‘plab hayriyalar qiladi. Shuning uchun ham, Ronalduning jahonda millonlab muxlislari bor.

Olimjon

Husniddin Po‘latov: “Barselona” va Messi.

Xusniddin

Bahodir Jalolov: Angliyaning Liverpul” jamoasiga mehrim baland va ushbu klub ishtirokidagi o‘yinlarni maza qilib tomosha qilaman.

Bahodir jalolov

Hasanboy Do‘smatov: Meni yaqindan biladigan insonlar “Barselona” muxlisi ekanligimni yaxshi bilishadi. Sevimli futbolchim Lionel Messi... Bekorga o‘zga sayyoralik deyishmaydi. Rio Olimpiadasidagi g‘alabamni argentinalik futbolchi kabi nishonlaganim ham ko‘pchilikka ayon.

Hasanboy

Ravshanbek Umurzaqov:  Futbolga qiziqishim u qadar yuqori emas. Lekin nufuzli turnirlarni tomosha qilib boraman. Ayniqsa, “Real” klubi himoyachisi Serxio Ramosning maydondagi sardorlarga xos harakatlari va hech narsadan tap tortmasligi  yoqadi.

ravshanbek

Abdumalik Halakov:  “Yuventus” va Krishtianu Ronaldu.

Xalakov

Muhammadsalim Sotvoldiev: Yurgen Klopp boshqaruvidagi “Liverpul”  klubining ashaddiy ishqiboziman deb ayta olaman. Sevimli futbolchim esa, Muhammad Saloh.

Muhammad

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!