
O‘zbek - qozoq bokschilari to‘qnashuvini Miraziz va Kayrat juftligi boshlab beradi
Xabaringiz bor ayni kunlarda Rossiya Federatsiyasining Ekaterinburg shahrida boks bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Hozirgina musobaqaning -57 kg vazn toifasida hamyurtimiz Miraziz Mirzahalilov hamda marokashlik Muhammad Xamut o‘rtasidagi jang o‘z nihoyasiga etdi. Ushbu jangda vakilimiz qiyin, ammo muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Endi Miraziz chorak finalda qozog‘istonlik Kayrat Eralievga qarshi ringga ko‘tariladi. Ushbu jang ertaga bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar