O‘z imkoniyatlarini o‘zi yo‘qqa chiqarayotgan "Manchester Yunayted"

  • 8 may, 2023, 21:00
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

APLning 35-turida "Manchester Yunayted" "Vest Xem" mehmoni bo‘lib, 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. "Qizil iblislar"ga o‘tkazib yuborilgan gol juda alamli bo‘ldi. 27-daqiqada Benraxma 3 ta futbolchi orasidan kutilmagan zarbani yo‘lladi va De Xea to‘pni qaytara oladigan holatida ham xatoga yo‘l qo‘yib, jamoasini mag‘lubiyatiga sababchi bo‘lgan golni o‘tkazdi. Yakunda jamoa o‘ziga kerak bo‘lgan muhim ochkoni yo‘qotdi.

Tecno

Image

MYu ketma-ket ikkinchi marta qoqildi. Bu klubni keyingi mavsum Chempionlar ligasiga yo‘llanmasiz qoldirishi mumkin. Ayni payt turnir jadvalida 4-o‘rinda borayotgan manchesterliklarda 63 ochko mavjud. Ortdan shiddat bilan kelayotgan "Liverpul" bilan farq 1 ochko. To‘g‘ri Klopp shogirdlari bitta kam o‘yin o‘tkazgan. Ammo "Liverpul" ketma-ket 6 ta bahsdan beri g‘alaba qozonib kelmoqda. Kurashni ushlagan mersisaydliklarni oldinda "Lester", "Aston Villa" va "Sautgempton"ga qarshi o‘yinlar kutmoqda. Birmingemliklarni aytmaganda qolgan ikkita jamoa "Liverpul"ga hech qanaqa qarshilik ko‘rsata olmaydi. Biri deyarli APL bilan xayrlashgan, boshqasi hali o‘zini o‘nglab olmagan "tulkilar". Bu uchrashuvlarda qanaqadir kutilmagan hodisa sodir bo‘lmasa, "qizillar" 9 ochkoni qo‘lga kiritish ehtimoli juda baland.  Keling, "Manchester Yunayted"ni oldinda kutib turgan uchrashuvlarga e’tiborimizni qaratamiz. Klub "Vulverxempton", "Bornmut", "Chelsi" va "Fulxem"ga qarshi maydonga tushishi kerak. Mana shu o‘yinlarda MYu bir ochko ham yo‘qotmasdan faqat g‘alaba qozonishi lozim bo‘ladi. Endi har bir bahs ularga finaldek o‘tadi. 

Roberto Firmino of Liverpool celebrates after scoring the seventh goal during the Premier League match between Liverpool FC and Manchester United at...

 

"Manchester Yunayted"ning Evropa ligasi doirasida "Sevilya" bilan bo‘lib o‘tgan o‘yini jamoa uchun har tomonlama kuchli zarba bo‘lgandi. "Qizil iblislar" nafaqat turnirni tark etgan, balki asosiy himoyachilari Lisandro Martines va Rafael Varanni mavsum so‘nggiga qadar yo‘qotgan bahs edi. Futbolchilar safdan chiqqanidan keyin Maguayrni maydonga qaytishi jamoa uchun yana bir og‘riq bo‘ldi. U qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yib, "Sevilya"ni keyingi bosqichga olib chiqqandi. "Liveprul" va "Nyukasl"dan uchralgan mag‘lubiyatlardan keyin asta-sekin o‘ziga kelib olayotgan "Manchester Yunayted" Ispaniyada taslim etildi. Aynan o‘sha muvaffaqiyatsizlikdan keyin Ten Xag shogirdlari atigi bir marta zafar quchdi. Murabbiy hozir ilojsizlikdan qanot himoyachilarini markazga o‘tkazdi. Shu bilan birgalikda, mavsum davomida kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lgan Lindelyof ham endi asosiy tarkibda tushyapti. 

Umuman olganda, "Manchesetr Yunayted"da faqat Maguayr va De Xeani ayblab bo‘lmaydi. Vegxorst transferi omadli bo‘lmadi. Hujumchi kelganidan beri 26 ta o‘yinda 2 ta gol urdi. U maydonda juda kam foyda keltirayotganidan keyin Ten Xag niderlandiyalikka imkon taqdim qilmoqda. Bundan tashqari, Reshford ham so‘nggi paytlar kamnamo bo‘lib qoldi. Oxirgi marta "Tottenxem"ga qarshi bitta gol va bitta assist amalga oshirdi. Shundan beri na raqib darvozasini ishg‘ol qildi, na sheriklariga golli pas berdi. Eriksen, Fred va Sancholar ham stabil emas. Agarda bu futbolchilar mana shunday davom etsa, klub muxlislari yana bir mavsum o‘z suyuklilarini Evropa ligasidagi o‘yinlarini tomosha qiladi.

Suhrob Xolbekov

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!