
Oybek Jo‘raev rossiyalik bokschini engdi va finalga yo‘l oldi. Hamyurtimiz kamida 100 ming dollarni naqd qildi
Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida jahon chempionati davom etmoqda. Bugun yarim final janglari bo‘lib o‘tmoqda.
-54 kg vazn toifasida Oybek Jo‘raev rossiyalik Dmitriy Dvali bilan ringga ko‘tariladi. Jang 14:30dan so‘ng start oladi.
Bokschilar chiqib kelmoqda. Hamyurtimiz ko‘k libosda, uning raqibi qizil formada harakat qiladi.
Ilk raudda Oybek Jo‘raevning qo‘li baland keldi - 4:1.
Bokschimiz ikkinchi raundni o‘z foydasiga hal qildi - 3:2.
Uchinchi raundda rossiyalik bokschi ustunlikka erishdi 2:3. Yakuniy hisob 5:2 foydasiga. Shu tariqa, Oybek Jo‘raev finalga yo‘l oldi.
Fikrlar