
Oybek Jo‘raev hamda Sanjar Tursunov Dubayda mashg‘ulotlarni davom ettiradi (Video)
Havaskor boksda bir qancha yutuqlarga erishgan vakillarimiz Oybek Jo‘raev va Sanjar Tursunov Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida mashg‘ulotlarni davom ettiradi.
Ikki bokschimiz kecha 21 sentyabr kuni Dubayga jo‘nab ketishdi. Biz ular bilan bog‘lanib, Dubay safaridan ko‘zlangan maqsadlari haqida so‘radik.
Oybek Jo‘raev: Hozircha mashg‘ulotlar olib boramiz. Agar shu erda bizni kuzatadigan menejerlarga maqul tushsak, professional faoliyatimni boshlash uchun shartnoma tuzamiz. Hozircha, aniq bir fikr aytolmay man.Tez orada bunga aniqlik kiritiladi. Maqsadimiz professional boksda ham faoliyatimizni davom ettirishdan iborat.
Eslatib o‘tamiz, Oybek Jo‘raev Toshkentda o‘tgan jahon championatida -54 kg vazn toifasida kumush medalni qo‘lga kiritgandi.
Fikrlar