O‘xshamagan transfer: Hamma braziliyalik ham Ronaldo yo Neymar bo‘lolmaydi

  • 3 iyul, 2024, 17:54
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” mutasaddilari olis Braziliyadan bo‘lajak yulduz sifatida Vitor Rokeni olib kelgan edi.

Tecno

Iste’dodli futbolchi Kataloniyaga shu yilning boshida keldi va chempionatning ikkinchi yarmida qatnashdi.

Bu transfer Joan Laporta jamoasiga 40 million evroga tushdi. Endi klub Rokedan tezroq qutilmoqchi.

Sport nashrining yozishicha, “Barselona” ishonchni oqlay olmagan o‘yinchini 30 million evro tikadigan jamoaga berib yuborishni rejalashtirmoqda.

Agar braziliyalik futbolchini to‘liq sotib yuborishning imkoni bo‘lmasa, kataloniyaliklar uni keyinchalik transfer qilish huquqi bilan bir mavsumga ijaraga berishga ham tayyor.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!