
O‘tkir Yusupov O‘zbekiston terma jamoasidan ketmoqchi edi, biroq...
O‘zbekiston terma jamoasi va "Navbahor" posboni O‘tkir Yusupov SPORTS.uz saytiga intervyu berdi. 33 yoshli darvozabon Osiyo kubogidan so‘ng terma jamoadagi faoliyatini yakunlamoqchi ekani va nima sababdan bu qaroridan voz kechgani haqida gapirdi.
"Osiyo kubogidan so‘ng muxlislar tomonidan manzilimga haqoratomuz gaplar otildi. Eng alamlisi muxlislarning onam va yaqinlarimni haqorat qilib yozgani o‘tib ketdi. Jahl ustida terma jamoaning darvozabonlar bo‘yicha murabbiyi Nihad Pejkovichga meni chaqirmasligini aytishga tayyor edim. Keyin esa isbotlash uchun ham qolishga qaror qildim", - dedi Yusupov.
Intervyu tez kunda SPORTS.uz saytining You tube sahifasiga chiqadi.
Fikrlar