O‘tgan yildagi kabi yoxud barcha kutayotgan Vodiy derbisi haqida

  • 19 aprel, 2024, 15:21
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

21 aprel kuni O‘zbekiston Kubogining 2-turida “N” guruhi vakillari – “Navbahor” hamda “Andijon” jamoalari ishtirokida vodiy derbisi bo‘lib o‘tadi. Shubhasiz, ushbu bellashuv 2-turning markaziy o‘yini hisoblanadi.

Tecno

Hamma vaqt mazkur klublarning to‘qnashuviga qiziqish va e’tibor yuqori darajada bo‘ladi. Bunday paytda ularning egallab turgan o‘rinlari ahamiyatsiz bo‘lib qoladi va maydonda chinakam jang kechadi. Bu yil esa ikkala klubning maqsadi jiddiy. “Andijon” chempionatda peshqadam bo‘lib turgani fikrimizga isbot bo‘la oladi. Kubok bahslarida ham ikkala jamoa katta maqsadlarni qo‘yishgan.

Ilk turda “Andijon” o‘z maydonida “Dinamo” bilan 2:2 hisobida durang o‘ynagan bo‘lsa, “Navbahor” Qarshida “Nasaf”ni 1:0 hisobida yutib keldi. Endi bevosita “Navbahor” hamda “Andijon” klublari o‘rtasidagi qarama-qarshilikka to‘xtaladigan bo‘lsak, bu jamoalar o‘tgan yili ham O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichida to‘qnash kelishgan. “F” guruhiga joylashishgan “Navbahor” va “Andijon” 2023 yilning 18 may sanasida Namangandagi stadionda 8069 nafar muxlis ko‘z o‘ngida bellashishgan. Zaxiradan maydonga tushgan Ibrohim Yo‘ldoshevning 65-daqiqada kiritgan goli “Navbahor”ga 1:0 hisobidagi g‘alabani keltirgan.

Jamoalar O‘zbekiston Kubogida ilk bor 1992 yili uchrashishgan. O‘shanda musobaqaning 1\4 finalida ularning yo‘llari kesishgan. Ikkala bahsda ham namanganliklarning qo‘li baland kelgan. 1993 yilgi Kubok musobaqasida ikkala klub yana 1\4 finalda ro‘baro kelganlar. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra “Navbahor”ning qo‘li baland kelgan.

Umumiy hisobda “Navbahor” va “Andijon” klublari O‘zbekiston Kubogida 7 marotaba kuch sinashishgan. Shundan 5 tasida namanganliklarning qo‘li baland kelgan va yana 2 ta bahsda "Burgutlar"ning ustunligi qayd etilgan. To‘plar nisbati esa 13\6 “Navbahor” foydasiga.

Jamoalarning O‘zbekiston Kubogidagi o‘zaro uchrashuvlari   

1992 yil

1\4 final.

“Navro‘z” – “Navbahor” – 0:1; 1:3

1993 yil

1\4 final

“Navbahor” – “Navro‘z” – 4:2; 0:1

2002\2003 yillar. Guruh bosqichi.

“Andijon” – “Navbahor” – 1:4

2018 yil

1\16 final

“Andijon” – “Navbahor” – 1:0

2023 yil

Guruh bosqichi

“Navbahor” – “Andijon” – 1:0

Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “Andijon” bellashuvi 21 aprel kuni soat 16:30 da Namangandagi “Markaziy” stadionda boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!