
Otabek Shukurov terma jamoadagi muhit, himoyamizdagi muammolar va Katanetsning maqsadi haqida gapirdi
- Tayyorgarlik jarayonlari va chet ellik murabbiy haqida nima deya olasiz?
- Tayyogarlik jarayonlarini ham boshlab oldik. Bu yangi murabbiy qo‘l ostida bu uchinchi yig‘inimiz. O‘ylashimcha, Katanets ancha qattiqqo‘l va bizga agressivroq o‘ynashni o‘rgatmoqda. Menimcha, ushbu mutaxassis qo‘l ostida o‘zimizning optimal formamizga chiqa olamiz.
- Terma jamoamizda muhit qanday?
- Muhit ajoyib. Yigitlarga yangi murabbiy kelishi foydali bo‘ldi. So‘nggi paytlarda futbolimiz darajasi ancha pasaydi. Shuning uchun, o‘zgarishlar bo‘layotgani o‘yinchilarga ham katta ishonch beradi.
- Iordaniyaga qarshi uchrashuvda markazda xatolar ro‘y berdi. Shu bo‘yicha qandaydir ishlar olib borilmoqdami?
- Himoyamizda muammolar borligini murabbiyimiz o‘z intervyusida ham ta’kidladi. Iordaniya bilan o‘yindan keyin u bizga xatolar ustida ish olib borishimiz kerakligini aytdi. Katanets bizning asosiy maqsad chiroyli o‘yin emas, natijaga erishish ekanligini yigitlarga uqtirib kelmoqda. Himoyada ishonchli o‘ynab, hujumda gol urishimiz lozim. Biz oldinda yaxshi o‘ynashga harakat qilyapmiz, biroq orqa chiziqda muammolar borligini inkor eta olmayman. Endi birinchi o‘rinda himoyaga e’tibor qaratamiz.
Fikrlar