Otabek G‘ulomxo‘jaev: Ayni paytda bizda 2 ta teng kuchga ega tarkib mavjud

  • 9 avgust, 2019, 10:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugundan Dushanbeda Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi tomonidan o‘tkaziladigan “CAFA U-19 championship-2019” musobaqasi start oladi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

Unda O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Eron va Afg‘oniston yoshlar terma jamoalari g‘oliblik uchun kurash olib boradi.

Musobaqa oldidan terma jamoamiz ustozi Otabek G‘ulomxo‘jaev quyidagicha fikr bildirib o‘tdi:

- Birinchi navbatda Tojikiston futbol federatsiyasi va musobaqa tashkilotchilariga yaxshi kutib olganliklari uchun minnatdorchilik bildiraman. O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi uchun mazkur musobaqa joriy yil hisobidan dastlabki xalqaro turnir bo‘ladi. Har oy o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari tashkil etib kelyapmiz. May oyida berlinlik tengqurlarimizga qarshi o‘yin o‘tkazdik. Dushanbedagi musobaqaga mamlakat Superligasida o‘ynayotgan bir qator o‘yinchilarimizni olib kelmadik. Lekin shunday bo‘lsa-da, ushbu yoshdagi avlodda ancha kuchli futbolchilar to‘plangan. Ayni paytda bizda 2 ta teng kuchga ega tarkib mavjud, har bir o‘yinchi sherigining o‘rnini bosa oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!