
Ot sporti. Hamyurtimiz Navro‘z Olimpiadasida shoxsupaga ko‘tarildi
Tehron shahri (Eron) mezbonlik qilayotgan 1-xalqaro Navro‘z Olimpiadasida o‘zbekistonlik sportchilar yana shohsupaga ko‘tarilishdi. Ot sportining konkur yo‘nalishida ishtirok etgan hamyurtimiz So‘g‘diyona Abdullaeva kumush medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Manbaga ko‘ra, sportchimiz 80 sm balandlikdagi to‘siqlardan sakrash bellashuvida ikkinchi natijani qayd etdi. Shuningdek, balandligi 120 smni tashkil etgan to‘siqlardan sakrash yo‘nalishida Sofiya Li kuchli o‘nlikdan o‘rin oldi.
Fikrlar