Ot sporti. Hamyurtimiz jahon kubogining final bosqichida ishtirok etish uchun AQShga yo‘l oldi

  • 31 mart, 2023, 18:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Ot sporti
BEPUL PROPAN

Ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Nurjan Tuyakbaev joriy yilning 4-6 aprel kunlari AQShning Omaxa shahri (Nebraska shtati) mezbonlik qiladigan Jahon kubogining final bosqichida ishtirok etishi haqida ma’lum qilgan edik. Bugun musobaqada qatnashadigan O‘zbekiston delegatsiyasi okean ortiga yo‘l oldi.

Turnirda 5 qit’aning 19 mamlakatidan tashrif buyuradigan 41 nafar eng kuchli chavandozlar bahs olib borishadi. Bellashuvlar davomida hamyurtimizga “Lanselotta” laqabli tulpori hamrohlik qiladi. Eslatib o‘tamiz, sportchimiz o‘tgan yili 11 mamlakat vakillari o‘rtasida Evrosiyo mintaqasida kechgan saralash bahslarida eng yuqori ball jamg‘arib, ushbu nufuzli turnirga yo‘l olgan edi.

Manba: MOQ

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!