
Ot sporti. Hamyurtimiz BAAda shoxsupaga ko‘tarildi
Mahoratli konkurchimiz Abdurahmon Abdullaev Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahri mazbonlik qilayotgan navbatdagi musobaqada sovrindor bo‘ldi.
MOQ matbuot xizmatining xabar berishicha, hamyurtimiz CSI3* tasnifidagi turnirning 145 sm balandlikdagi to‘siqlardan sakrash bahslarida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Gran-pri yo‘nalishidagi mazkur chiqishda u “Quintair” laqabli otda harakat qildi.
Fikrlar