Ostonamizda Superliga! Dastlabki turdanoq boshlanadi...

  • 1 mart, 2022, 16:41
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

2 mart kuni O‘zbekiston Superligasiga start beriladi. Shu kuni Yaypanda “Neftchi” – “Qo‘qon-1912”, Toshkentda esa “Olimpik” – “Surxon” to‘qnashuvini ko‘ramiz.

Tecno

Umuman aytganda, ilk turdagi 7 ta juftlik bellashuvlari uch kun davomida o‘tkaziladi. Chorshanba kuni boshlanadigan 1-tur oxirgi o‘yinini juma yakuni yakunlaydi. Ishonchimiz komilki, dastlabki turdanoq o‘ta qaynoq o‘yinlar siz bilan bizni kutyapti. Dastlabki turdanoq g‘alaba, mag‘lubiyat va durang boshlanadi, shunday emasmi? Shu munosabat bilan ilk turdagi o‘yinlar oldidan “Turon” klubi sobiq bosh murabbiyi Islom Ismoilov jamoalarning imkoniyatini baholadi.

2 mart (chorshanba)

 “Neftchi” – “Qo‘qon-1912”

- Bu vodiy derbisi. Uzoq yillar davomida ikkala jamoa bir-biriga qarama-qarshilik qilgan. “Neftchi” ma’lum vaqt davomida pro ligada ishtirok etdi. Bu yil Superligaga chiqdi. O‘tgan yili “Turon” elitaga chiqqanida birinchi o‘yinini o‘z maydonida vodiy derbisi doirasida aynan “Qo‘qon-1912”ga qarshi boshlagandi. To‘g‘ri, “Neftchi” safida yaxshi saviyadagi ijrochilar, Superliga havosidan bahramand bo‘lgan futbolchilar bo‘lishi mumkin. Lekin ko‘ryapmizki, qo‘qonliklar necha yillardan beri shakllanib kelyapti. Baxtiyor Ashurmatov barqarorlikni saqlab kelayotgan murabbiylardan hisoblanadi. Mening fikrimcha, ushbu bahsda tomonlarning kuchi teng va durang bo‘lsa kerak. Shu sababdan 50x50 baholayman.

kukon2_2

“Olimpik” – “Surxon”

- “Olimpik” yosh jamoa. Timur Kapadze boshchiligida pro ligada sifatli futbol ko‘rsatishdi. “Olimpik” pro ligadagi o‘yinlarini Superligada ham ko‘rsata oladigan bo‘lsa, klub natija qiladi. “Surxon”da ko‘p o‘zgarishlar bo‘ldi. Mavsumga tayyorgarlik davomida klubda ikki martadan murabbiy almashdi. Bunday holatlar baribir natijaga ta’sir qiladi. Nazarimda, bu o‘yinda “Olimpik”ning imkoniyati kattaroq – 70x30.

3 mart (payshanba)

“Navbahor” – “Nasaf”

- O‘zinglar ham bilasizlar, “Nasaf” necha yillardan beri shakllanib kelgan jamoa. Baribir o‘yin sifati yaxshiligi bo‘yicha “Nasaf” O‘zbekistonda eng yaxshi sanoqli jamoalar qatoriga kiradi. To‘g‘ri, qaerdadir futbolchilariga ijrochilik mahorati etishmayotgan bo‘lishi mumkin. Baribir “Nasaf” sifatli futbol ko‘rsatyapti. “Navbahor” Samvel Babayan qo‘l ostida yangi maqsadlar uchun kurashadi. Jamoa tarkibi keskin ravishda kuchaytirildi. Bundan tashqari, Namanganda doim muxlislar o‘z jamoasini zo‘r berib qo‘llab-quvvatlashgan. Bu yil undan-da, kuchliroq tarzda qo‘llashadi, deb o‘ylayman. Katta ehtimol bilan birinchi o‘yinda “Navbahor” g‘alaba qozonsa kerak. Imkoniyatlar 60x40. O‘yin taqdirini bitta gol hal qilishi mumkin.

nasaf1_4

“Bunyodkor” – “So‘g‘diyona”

- “Bunyodkor”ga kelsak, tarkib keskin ravishda yoshartirildi. Klubni bir qator etakchi futbolchilari tark etdi. Lekin “Bunyodkor” ham o‘zining akademiyasiga tayangan jamoalar qatoriga kiradi. “So‘g‘diyona” oxirgi yillarda Ulug‘bek Baqoev qo‘l ostida shiddatli futbol namoyish etyapti. O‘tgan yilgi natijasidan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, 30x70 “So‘g‘diyona” foydasiga.

sugdiyona1

“Dinamo” – “Paxtakor”

- Bu o‘yin ham o‘ziga yarasha kurashlarga boy bo‘ladi, deb o‘ylayman. “Dinamo” uzoq muddatdan so‘ng Superligaga qaytdi. Qaytishi bilanoq birinchi turni amaldagi chempionga qarshi o‘yin bilan boshlashiga to‘g‘ri keladi. Samarqandliklar uchun oson bo‘lmaydi. Tarkib jihatidan “Paxtakor” baribir hozirgi kunda O‘zbekistonda eng kuchli jamoalardan biri. “Paxtakor”nnig “Nasaf”ga qarshi o‘yinidan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, bu juftlikda ular yaqqol favorit. Garchi “Dinamo” birinchi turni o‘z muxlislari qarshisida o‘tkazsa-da, g‘alaba qozonish imkoniyati “Paxtakor”da 60 foiz.

4 mart (juma)

 “Qizilqum” – “Lokomotiv”

- “Lokomotiv”ning bir nechta tajribali futbolchilari “Qizilqum”ga o‘tdi. Bu klubda yangi legioner murabbiy faoliyat boshladi. Ammo “Lokomotiv”da ham yosh, iqtidorli murabbiy ish boshladi. “Loko”ning yoshlar jamoasidan iqtidorli o‘yinchilar etishib chiqyapti. Dastlabki turlarda jamoalar baribir tajribaga tayanishadi. Jismoniy tomondan holat deyarli barcha klublarniki bir-biriga yaqin bo‘ladi. Menimcha, ushbu juftlikda 70x30 “Qizilqum” foydasiga degan bo‘lardim.

loko_3

“Metallurg” – AGMK

- Toshkent viloyati derbisi. Mirjalol Qosimov AGMKda raqobatbardosh jamoa tuzdi. Tarkibi yildan-yilga sayqallanib kelyapti. Jamoada sifatli futbolchilar faoliyat olib boryapti. “Metallurg”da ispaniyalik murabbiy ishlayapti. Ularning tarkibi keskin o‘zgartirildi. Baribir bu erda favorit AGMK.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ashan Fudkort
01/03/2022 16:59
Surxon olimpikni yutadi dalboyob fikringa q*****gim
Asad Jamil
01/03/2022 17:17
Ozbek Futbol murabbiyi bosayam klublarimizda nima bovotganini bilmas ekan Qoyileeee
Asad Jamil
01/03/2022 17:11
Mani fikrimcha Bunyodkor yutadi yoki kamida durang Sababi tarkibga zor legionerlar olib keldi Keyin Olimpikdayam durang boladi Neftchi 2 ta top farqi bilan yutadi