
Oston O‘runovga million dollarlik taklif bo‘lgan!
Xabaringiz bor, Eron Pro Ligasida 3 nafar legionerimiz o‘ynamoqda.
Kecha chempionatning so‘nggi turida "Persepolis" g‘alaba qozonib, chempionlikni qo‘lga kiritdi. Shu tariqa, Oston O‘runov faoliyatidagi ilk sovrinni qo‘lga kiritdi.
Oxirgi turlarga qadar etakchilikni saqlab turgan "Istiqlol" duranglar seriyasidan so‘ng birinchilikni boy berib qo‘ydi. Doston Tursunov harakat qilayotgan "Istiqlol Huzeston" chempionatda jon saqlab qoldi.
"Premier Football" dasturi mehmoni bo‘lgan "Persepolis" yulduzi Soroush Rafiei jamoadoshi Oston Oronov haqida gapirib o‘tdi.
"Oston hech qachon 100 foiz kuch bilan maydonga tushmaydi. U 70 foiz qobiliyati bilan maydonga tushadi. Unga Saudiya klubidan million dollarlik taklif bo‘lganligi haqida bilaman. O‘runov ketishi uchun "Persepolis"dan ruxsat olishi kerak", - dedi Eron terma jamoasi a’zosi.
Ma’lumot uchun, O‘runov Osiyo kubogidan so‘ng Tehron klubiga ko‘chib o‘tgan edi.
Fikrlar