
Oston O‘runov masalasi yopildi!
Futbolchi faoliyatini “Navbahor”da davom ettirmaydi. Bu haqda saytimiz jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev o‘z "telegram" kanalida ma’lum qildi.
Ayni damda sport formasini ushlab turish maqsadida “lochinlar” lagerida mashg‘ulot o‘tayotgan yarim himoyachi tez orada boshqa jamoa bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Bu katta ehtimol bilan Rossiya klubi bo‘lishi mumkin. Norboy muallimning aytishicha, futbolchining o‘zi O‘zbekistonda qolishdan ko‘ra, xorijda to‘p tepishni afzal ko‘rgan. Shunday ekan, Ostonning Namanganga o‘tishi masalasiga nuqta qo‘yildi.
Namangan klubi 6 yanvar sanasida xorijga yo‘l oladi. Ha aytgacha, ancha avval aytganimdek, jamoaning asosiy transfer nishoni janubiy amerikalik futbolchi bo‘lib turibdi. U kim va qaysi pozitsiyada to‘p tepishi haqida tez orada SPORTS.uz saytida o‘qiysiz.
Voqealar rivojini biz bilan kuzating!
Fikrlar