
O‘smirlarimiz Ozarbayjondagi xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etishdi
Xabar berganimizdek, Tohir Fayziev murabbiyligidagi to‘rt nafar dzyudochimiz Ozarbayjonning Gyoygyol shahrida o‘tgan "European Cup" turnirida ishtirok etishdi.
O‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan Evropa Kubogi 2024 musobaqasida dunyoning 14 davlatidan 323 nafar dzyudochi qatnashdi. Yakunda 4 kadetimizdan 3 nafari shohsupaga ko‘tarildi. Bahrom Asatov (-60 kg) oltin, Shodiyor Shavkatov (-50 kg) va Muhammadali Sa’dullaev (-81 kg) bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.
Evropa kubogi yakuniga etganidan so‘ng qatnashchi davlat dzyudochilari ishtirokida xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini ham tashkil etildi. Ikki kunlik mashg‘ulotlarda bizning o‘smirlar ham ishtirok etishdi.
Fikrlar