
Osiyolik hujumchi Evropani lol qoldirdi
Angliya premer-ligasida Muhammad Saloh bilan birga turnir to‘purari bo‘lgan janubiy koreyalik Son Xin Min ajoyib ko‘rsatkich qayd etdi.
29 yoli hujumchi premter-ligada urgan 23 ta golidan 12 tasini chap oyoqda, 11 tasini o‘ng oyoqda kiritgani qayd etildi.
Shu tariqa, Son Evropaning kuchli beshlik chempionatlarida bir mavsumda har ikki oyoqda o‘ntadan ko‘p gol urgan yagona futbolchiga aylandi.
Osiyolik futbolchi “Tottenxem” uchun 23 ta to‘p kiritishdan tashqari, jamoadoshlarining to‘qqizta goliga assistentlik ham qildi.
Fikrlar