Osiyoda yana bir yulduz futbolchi paydo bo‘lishi mumkin
Turkiyaning "Galatasaroy" klubi forvardi Radamel Falkao yozda jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, kolumbiyalik futbolchiga Qatarning "Al-Sadd" va Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klublaridan jiddiy qiziqishlar bor. Turk jamoasi esa uni 7 million evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor. Biroq, Osiyo jamoalari uchun ushbu narx 2 barobarga oshiriladi.
Aytish lozimki, qatarliklar Falkao uchun 10 million evro taklif qilishmoqda.
Falkao “Galatasaroy”ga 2019 yil “Monako”dan erkin agent sifatida ko‘chib o‘tgan edi.



Fikrlar