
Osiyo kubogi U-20. O‘zbekistonning yarim finaldagi raqibi ma’lum bo‘ldi
Yurtimizda o‘tayotgan 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Kubogining chorak final o‘yinida Janubiy Koreya terma jamoasi Xitoyga qarshi maydonga tushdi. Mazkur bellashuv asosiy vaqtida 1:1 hisobi qayd etildi. Ekstra-taymlarda esa "Osiyo yo‘lbarslari" 2 gol urishga muvaffaq bo‘ldi va 3:1 hisobida zafar quchdi.
Koreyaliklar safida gollarni Kim Yong Hak, Sung Jin Yong va Choi Seok Xyun kiritdi. Xitoyning yagona goliga Mutallib Iminqori mualliflik qildi.
Shu tariqa, Janubiy Koreya jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Qolaversa, ushbu terma yarim finalda O‘zbekistonga qarshi maydonga tushadi.
Bellashuv 15 mart kuni 19:00 da start oladi. O‘yinga "Bunyodkor" stadioni mezbonlik qiladi.
Fikrlar