
Osiyo kubogi. Qatarda bo‘lib o‘tadigan musobaqada foydalaniladigan to‘p taqdim etildi (foto)
12 yanvardan 10 fevralga qadar Qatar yashil maydonlarida milliy terma jamoalar o‘rtasida Osiyo kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Unda 24 jamoa g‘oliblik uchun kurash olib boradi.
OFK rasmiy sayti musobaqa starti oldidan turnirda foydalaniladigan rasmiy to‘pni namoyish etdi. "Kelme" kompaniyasi tomonidan ishlangan to‘p "VORTEXAC23" deb nomlangan. To‘pning dizayni Osiyo kubogi logotipi bilan hamohang tarzda ishlab chiqilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo kubogida "B" guruhidan joy olgan bo‘lib, unda vakillarimiz Avstraliya, Suriya va Hindiston terma jamoalari bilan kuch sinashadi.
Fikrlar