
Osiyo chempionatining 3-kunini ham g‘alaba bilan boshladik
Ayni kunlarda Tailandning Chiang May shahrida kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Etiborlisi, 3-kun doirasida, 63,5 kg vaznda ringga ko‘tarilgan hamyurtimiz Adhamjon Muhiddinov xitoylik Jenmin Daiga qarshi jang qildi. Bahs davomida katta ustunlik ko‘rsatgan yurtdoshimiz yakunda hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, oldinda bizni 75 kg da Javohir Ummataliev va Qirg‘iziston vakili Daniel Abdrahmanov o‘rtasidagi to‘qnashuv kutmoqda.
Fikrlar