
Osiyo chempionati. Farzona Fozilova terma jamoamizga bugungi dastlabki oltin medalni olib keldi
Ayni daqiqalarda Tailandnin Chiang May shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati final bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu hal qiluvchi janglarning dastlabkisida hamyurtimiz 48 kg da Farzona Fozilova vetnamlik Linh Chi Ngo bilan qit’ada kim tengsiz ekanligiga oydinlik kiritishdi. Butun jang mobaynida raqibasiga nisbatan faolroq va aniq harakat qilgan Fozilova yakunda g‘alaba qozonib, Osiyo chempioni degan nomga sazovor bo‘ldi!
Eslatib o‘tamiz, oldinda bizni vakilamiz Feruza Kazakova va ukrainalik Svitlana Umanska to‘qnashuvi kutmoqda.
Fikrlar