
Osiyo chempionati. Bugun 7 nafar bokschimiz yarim final yo‘llanmasi uchun bahs olib boradi
Xabaringiz bor, 30 iyuldan 12 avgustga qadar Tailandning Bangkok shahri 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi.
Bugun yoshlarimiz (U-19) yarim final bosqichiga o‘tish yo‘lida o‘z bahslarini olib boradi. Kun davomida 7 nafar qizlarimizning janglariga guvoh bo‘lamiz.
-48 kg: Maftuna Musurmonova - Suman Kumari (Hindiston);
-51 kg: Muxtasar Alieva - Yakshika (Hindiston);
-57 kg: Robiya Ravshanova - Muskan (Hindiston);
-60 kg: Sevara Mamatova - Mizuki Horita (Yaponiya);
-65 kg: Sevinch Xurramova - Arinda Akimoto (Yaponiya);
-70 kg: Rayhona Qurbonboeva - Chun-Ai Kao (Xitoy Taypeyi);
-75 kg: Maftuna Yangieva - Mina Jung (Janubiy Koreya).
Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.
Fikrlar