“Osiyo bolalari” o‘yinlarida O‘zbekistondan 174 nafar sportchi ishtirok etadi

  • 20 iyul, 2022, 19:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boshqalar
CHERY AUTO

Joriy yilning 27 iyul – 8 avgust kunlari Rossiya Federatsiyasining Vladivostok shaxrida «Osiyo bolalari» («Deti Azii») VII Xalqaro sport musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Unda 15 ta davlatdan tashrif buyurgan ishtirokchilar sportning 19 ta turi bo‘yicha g‘oliblik uchun bahs olib boradi.

Tecno

Mazkur musobaqada 174 nafar (101 nafar o‘g‘il, 73 nafar qiz) hamyurtimiz sporting 17 ta turida o‘z omadlarini sinab ko‘rishadi.

«Osiyo bolalari» o‘yinlari Osiyo Olimpiya Kengashi tashabbusi bilan xar 4 yilda bir marotaba o‘tkaziladi. Quvonarlisi, bu yilgi o‘yinlar dasturiga ilk bor o‘zbek milliy sport turi – Kurash xam kiritildi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston delegasiyasi «Osiyo bolalari» («Deti Azii») o‘yinlarida ilk bor 2008 yilda ishtirok etgan. Rossiya Federasiyasining Yakutsk shahrida o‘tkazilgan «Osiyo bolalari» o‘yinlarida 14 nafar sportchimiz boks musobaqalarida katnashib, yakunda 5 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza, jami 10 ta medalni qo‘lga kiritgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!