O‘runovning ustozi "Ufa"ni "Atletiko" bilan taqqosladi
Rossiyaning "Ufa" klubi bosh murabbiyi Vadim Evseev "Atletiko" ustozi Diego Simeone dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi murabbiyi ekanligi haqidagi xabarga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.
"U dunyodagi eng qimmat avtobus haydovchisi! Bizning "Ufa"da ham avtobus bo‘lsa-da, u ancha yomonroq deb o‘ylayman", - deydi Evseev.
Ma’lumot uchun, argentinalik mutaxassis "matraschilar"dan yiliga 40 mln evro maosh oladi.
Eslatib o‘tamiz, "Ufa" jamoasida ayni damda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Oston O‘runov to‘p surmoqda. Ufaliklar 22 ta turdan so‘ng RPL musobaqa jadvalida 9-o‘rinda borishmoqda.



Fikrlar