
O‘runovni "Spartak"ga olib kelgan mutaxassis "Ufa"ga qaytishi mumkin
"Spartak" sobiq bosh ishlari direktori Shamil Gazizov yangi yildan "Ufa"da ish boshlashi mumkin.
"Sport Ekspress" nashri ma’lumotiga ko‘ra, ufaliklar rahbariyati ham Gazizovni ortga qaytishiga qarshi emas. Ta’kidlanishicha, mutaxassisda "Ufa"dan tashqari yana bir qancha variantlar ham bor.
Eslatib o‘tamiz, Gazizov yozda "Spartak" bilan shartnoma imzolagan edi, biroq moskvaliklar 8 dekabr kuni u bilan kelishuvni bekor qildi.
"Qizil oqlar" RPL turnir jadvalida 19 ta o‘yindan so‘ng 35 ochko bilan ikkinchi pog‘onani egallab turibdi.
Gazizov "Spartak"dagi faoliyati davomida Aleksandr Kokorin, Viktor Mozes va hamyurtimiz Oston O‘runovning transferini amalga oshirdi.
Fikrlar