O‘runovni nega tanqid qilishyapti?

  • 24 oktabr, 2020, 10:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Moskvaning “Spartak” jamoasi joriy mavsumda mamlakat chempionligi va Evropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashmoqda. Doimo yuqori maqsadlarni ko‘zlab kelgan bu jamoa, bir necha yildan beri Rossiya premer-ligasida kuchli jamoalar bilan etarli darajada raqobatlasha olmayotgan edi.

Tecno

Joriy mavsumda vaziyat o‘zgardi. “Spartak” 11-turdan so‘ng, ettita g‘alaba, uchta durang va bir mag‘lubiyat bilan 24 ochko to‘pladi. Moskvaliklar amaldagi chempion “Zenit” bilan bir xil ko‘rsatkich qayd etgan holda birinchi o‘ringa da’vogarlik qilmoqda.

Shunday bo‘lsa-da, ko‘p mutaxassislar “Spartak”ning yangi bosh direktori Shamil Gazizovning faoliyatini tanqid qilmoqda. Ayniqsa, uning yozgi transferlar mavsumida faollik ko‘rsatmagani, jamoaga Aleksandr Kokorin va yosh legioner Oston O‘runovni olib kelgani tanqidlarga ko‘p nishon bo‘lmoqda.

dssa-pic905-895x505-10035

Gazizovning o‘zi Kokorin o‘ziga berilgan imkoniyatdan foydalana olishi, O‘runov uchun o‘ta iste’dodli futbolchi ekani va yaqin kelajakda jamoaning asosiy o‘yinchilaridan biriga aylanishini ta’kidlashdan charchamayapti.

“Spartak” yaqinda “Chelsi”dan tajribali futbolchi Viktor Mozesni transfer qildi. Gazizovning bu yurishi ham ayrim mutaxassislarga yoqmadi. Xususan, taniqli futbol agenti Timur Gurtskaya “Spartak”bosh direktori Shamil Gazizovning ish faoliyati va transfer siyosatiga salbiy baho berib, uni tanqid qildi.

- Viktor Mozesning transferi – bu 29 yoshli tayyor futbolchini olib kelish xolos. Agar shunday ishlanadigan bo‘lsa, unda klubga selektsiya bo‘limining nima keragi bor? Mozes transfer bozorida hamma biladigan taniqli o‘yinchi edi.

1603205759_mozes

Aleksandr Kokorin ham olib kelinganidan beri hech nimani qoyillatgani yo‘q. Lekin undan hali umidimiz bor va “Spartak”da o‘ynab keta oladi.

O‘runov qay maqsadda transfer qilinganini hali ham tushunganim yo‘q. Unda Rossiya pasporti yo‘q, u legioner. Oston o‘zi o‘ynayotgan poziyatsiyada “Spartak” futbolchilari orasida eng kuchsiz futbolchi, deb bilaman.

Gazizovning faoliyati haqida yana nima deyishim mumkin? Hali biror nimani qoyillatganini ko‘rganim yo‘q. U jamoani qabul qilib olganidan keyin klubdan “non” eydigan mas’ullarning yo‘lini yopish, agentlarga qarshi kurashish, bir biriga to‘g‘ri kelmaydigan turli intervyular bilan odamlar e’tiborini tortishga harakat qilyapti xolos. Hammasi uning kayfiyatiga bog‘liq bo‘lib qolganday. Birorta ko‘zga ko‘rinadigan ish qilmadi. Chempionatning 11-turiga kelib, bitta himoyachi xarid qilgan va jamoa uchun zarur bo‘lgan tayanch yarim himoyachisini topa olmagan Gazizovning faoliyatini yana qanday baholash mumkin?

Hozirgi “Spartak”da avvalgi bosh direktor Tomas Tsorn shakllantirgan tayyor jamoa to‘p tepyapti, - deydi Timur Gurtskaya.

Darhaqiqat, bugun “Spartak”ni yana bir jiddiy sinov kutib turibdi. Domeniko Tedesko shogirdlari safar uchrashuvida “Krasnodar” bilan raqobatlashadi. Ushbu uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadi.

Omadsiz transfer yoxud Jasur va Oston Moskvani zabt etolmaydimi?

O‘zbek legionerlari faoliyatida jiddiy o‘zgarishlar bo‘ldi!

“Spartak”da O‘runovning o‘rni bormi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!