
O‘runovga Argentinadan raqobatchi kelmoqda
Moskvaning "Spartak" klubi Argentinaning "Kolona" jamoasi xavbeki Fakundo Fariasni o‘z safida ko‘rmoqchi. Bu haqda AS Argentina nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, rus grandi 18 yoshli argentinalik futbolchini yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davridayoq sotib olmoqchi. Ammo bu borada “Spartak” "Vilyarreal", "Roma" va "Lill" kabi jamoalar bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.
Farias “Kolona” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U hujumkor yarim himoyachi pozitsiyasida to‘p suradi. U hozircha asosiy jamoada 8 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar