O‘runovdan qutilib bo‘lmayapti!

  • 28 avgust, 2022, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

“Spartak” matbuot xizmati rahbari Dmitriy Zelenov o‘zbekistonlik legioner Oston O‘runov atrofidagi vaziyat haqida ma’lumot berdi.

Tecno

- O‘runov atrofidagi vaziyat o‘zgargani yo‘q. U hali ham “Spartak” futbolchisi. Melejnikovning bu mavzudagi oxirgi bayonotidan keyin biror o‘zgarish bo‘lgani yo‘q, - dedi Dmitriy Zelenov.

Yaqinda “Spartak” bosh direktori Evgeniy Melejnikov klub Oston O‘runovga ishonch bildirmasligini va undan tezroq qutilmoqchi ekanini ma’lum qilgandi.

21 yoshli yarim himoyachining moskvaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozigacha davom etadi. Klub o‘zbek futbolchisi bilan shartnomani bekor qilmoqchi. Biroq, Oston shartnoma bo‘yicha qolgan maoshlarini birdaniga to‘lashni talab qilayotgani haqida xabarlar tarqatilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ашуров Бахтийор
28/08/2022 10:42
Яшавор остон!
Mirkamol Miraxmedov
28/08/2022 12:12
Yasha bratishka