O‘runov Yusupovning seriyasiga nuqta qo‘yishi mumkin!

  • 30 avgust, 2024, 14:22
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun xorijda to‘p tepadigan bir necha o‘zbekistonlik futbolchilar o‘z klublari safida o‘yinlarini o‘tkazadi. 

Tecno

Aziz G‘aniev harakat qilayotgan "Al-Batex" BAA chempionati 2-turida "Al-Ayn"ni qabul qiladi. Bellashuv 18:55da start oladi. 

Ushbu turda Hojimat Erkinov klubi - "Al-Vahda" Abdulla Abdullaevning sobiq jamoasi "Xor-Fakkan" bilan bahs olib boradi. Bu bahs ham 18:55da boshlanadi. 

Eron chempionati 3-turida esa muxlislar super to‘qnashuvga guvoh bo‘ladi. O‘tgan mavsum chempioni "Persepolis" o‘z uyida "Fulad"ni qabul qiladi. "Qizillar"ning chempionligiga katta hissasini qo‘shgan O‘runov yangi mavsum Eronga kelgan Yusupovga qarshi o‘ynaydi. Yusupov dastlabki ikki o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlib qoldi. 

Qarama-qarshilik 21:00da boshlanishi belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Сохипов Хусанбой
30/08/2024 15:03
Икки собик Навбахорчи бир-бирига карши, омад мккаласига хам.